Xabaringiz bor, 2022-yil 9-10-iyun kunlari Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti ishtirokchi mamlakatlari Yoshlar kengashining 15-yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishga SHHT Yoshlar kengashi oʻzbek tomonining milliy qismi rahbari, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev raislik qildi. Tadbir ishtirokchilariga SHHT Bosh kotibi Chjan Min videomurojaat yoʻlladi.

Delegatsiyalar tashkilotga aʼzo mamlakatlar yoshlar oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik holati va istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, milliy yoshlar siyosatini amalga oshirishning muvaffaqiyatli amaliyotlari yuzasidan fikr almashdilar. Oʻzbekiston tomoni konstruktiv islohotlarni ilgari surish, fuqarolik jamiyati barpo etishda Oʻzbekiston yoshlarining roli ortib borayotgani haqida maʼlumot berdi.

Yigʻilish ishtirokchilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari, kitobxonlik va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha 5 ta muhim tashabbusning mazmun-mohiyati va ahamiyati;

Yoshlar bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtni mazmunli oʻtkazish maqsadida yaratilgan “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturlari” tizimlari faoliyati natijalari;

Mahallalarda yoshlar yetakchilari koʻmagida yoshlar bilan ishlashning yangi tizimi yoʻlga qoʻyilganligini haqidagi maʼlumotlar bilan tanishtirildi.

SHHT Yoshlar kengashi milliy qismlarining 2021-2022-yillar davomidagi faoliyati toʻgʻrisida axborot eshitildi, shu bilan birga, tomonlarning takliflariga binoan, SHHT Yoshlar kengashining 2022-2023-yillarga moʻljallangan ish rejasi tasdiqlandi.

Yigʻilish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi raisligi doirasida tashabbus bildirilgan “SHHT mamlakatlari yoshlari oʻrtasida eng yaxshi startap loyihasi” tanlovi (6-10-iyun, 2022-yil) natijalari sarhisob qilindi.

Tanlov gʻoliblari bilan tanishtirib oʻtamiz:

    1. “Imkoniyati cheklangan insonlar uchun turizm” startapi - Nadejda Anpilogova (Qozogʻiston)
    2. “Oxygen technologies” startapi Aleksandr Semiletov- (Belarus Respublikasi)

3.”Mondino” treker startapi – Viktor Belostoskiy (Rossiya Federatsiyasi)

    1. “Pupil mesh” startapi - Riya Gangamma (Hindiston)
    2. “Robocontest.uz” startapi – Adizbek Ergashev (Oʻzbekiston)
    3. “Ecobike” startapi - Miraziz Neʼmatov (Oʻzbekiston)
    4. “MapKlap” faol dam olish xizmati – Artyom Prixoda (Rossiya)
    5. “GPTuz” startapi -– Ruzmat Safarov (Oʻzbekiston)
    6. “Edversity” startapi – Saad Chiddiki (Pokiston)
    7. “Lemix” startapi - Jonibek Negmurodov (Oʻzbekiston), “Lemix” (Lemiks).

Tomonlar tanlovni yuqori saviyada tashkil etilganligini qayd etib, tanlovni manfaatdor SHHTga aʼzo mamlakatlar tomonidan tashkil etish amaliyotini davom ettirish tarafdori boʻlishdi.

Ishtirokchilar Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan olib borilgan SHHT Yoshlar kengashi milliy qismining raisligini yuqori baholadilar hamda SHHT Yoshlar kengashi Toshkent yigʻilishini yuqori saviyada tashkil etilganligi va mehmondoʻstlik uchun oʻz minnatdorchiliklarini bildirdilar.