Tojikistonning “Xovar” milliy axborot agentligi manbasiga koʻra, yigʻilishda SHHTga aʼzo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligi, veterinariya, fitosanitar va oʻsimliklar karantini tuzilmalari rahbarlari ishtirok etadi.

Anjuman doirasida SHHTning qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorligi masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Tojikiston 2020-2021-yillarda SHHTga raislik qilyapti va 6-avgustda tashkilotga aʼzo davlatlar adliya vazirlarining 8-yigʻilishi ham videokonferensiya shaklida oʻtkazildi.

SHHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining sentyabr oyida Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadigan yigʻilishidan soʻng 2021-2022-yillardagi tashkilot raisligi Oʻzbekistonga oʻtishi kutilyapti, deb xabar beradi “Dunyo” AA.