SHHTga aʼzo davlatlar transport vazirlarining toʻqqizinchi yigʻilishi boshlandi

    Xalqaro hamkorlik 12 May 2022 709

    2022-yil 12-may kuni Xiva shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar transport vazirlarining toʻqqizinchi yigʻilishi oʻz ishini boshladi.

    Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

    Oʻzbekiston Respublikasining SHHT sammitiga raisligi doirasida tashkil etiltgan mazkur tadbirda transport sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, transport koridorlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, ushbu yoʻnalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bogʻliq jihatlar muhokama etilmoqda.

    Tadbir ochilishida Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov nutq soʻzlamoqda.