Oʻzbekiston Respublikasining SHHT sammitiga raisligi doirasida tashkil etilayotgan mazkur tadbirda transport sohasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish, transport koridorlarini rivojlantirish va diversifikatsiya qilish, ushbu yoʻnalishda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bilan bogʻliq jihatlar muhokama etiladi.

Xususan, mintaqaviy transport-tranzit salohiyatini rivojlantirish SHHT davlatlarining barqaror iqtisodiy oʻsishining muhim omillaridan biri ekanligini inobatga olgan holda keng qamrovli va yaxlit transport tizimini tashkil etish, sohaga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish orqali savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish, yuk tashuvlar hajmini oshirish transport kommunikatsiyalarini takomillashtirish borasida yagona qarash va yondashuvlarni shakllantirish masalalari koʻrib chiqiladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.