Unda senatorlar, vazirlik va idoralar rahbarlari, Samarqand viloyati va Toshkent shahri hokimlarining oʻrinbosarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Yigʻilishda 2021–2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligini samarali amalga oshirish doirasida tashkil etilayotgan mazkur Forumga puxta tayyorgarlik koʻrish masalasi muhokama etildi.

Xususan, bu borada Forumga tayyorgarlik koʻrayotgan ayrim vazirlik va idoralar rahbarlarining axborotlari eshitildi.

Taʼkidlanganidek, Forum BRMning eng muhim yoʻnalishlaridagi gender tenglikni taʼminlash, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha SHHTga aʼzo davlatlarning oʻzaro hamkorligini yanada rivojlantirish va tajriba almashish, mavjud muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini koʻrish, shuningdek, Forum oʻziga xos platforma sifatida davlatlarning oʻzaro aloqalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilyapti.

Forum 2022-yil 18-19-avgust kunlari Samarqand shahrida boʻlib oʻtadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Axborot xizmati.