Yuqori malakali endokrinolog Elena Gubkina kartoshkani pishirish va iste'mol qilishda nimalarga e'tibor berish kerakligini aytib o'tdi. Keyingi paytda emakxonalarda kartoshkani po'stlog'i bilan pishirish odat tusiga kira boshladi. Uning so'zlariga ko'ra, siz kartoshkani po'stlog'i bilan iste'mol qilmasligingiz kerak. Chunki unda tuproq va havodan to'plangan zararli moddalar bo'lishi mumkin.
Shuningdek, ovqatni yuqori haroratda pishirmaslik zarur. Qattiq qovurilgan paytda mahsulotlar yog'lar va toksinlar bilan to'yingan bo'ladi. Bunday holatda tayyorlangan ovqat organizm uchun xavflidir.
Shifokorning ta'kidlashicha, tozalangan kartoshkani qaynatib yoki bug'lab iste'mol qilish lozim. Chunki bu holatda sabzavotda maksimal miqdorda kaliy, natriy, V 6 vitaminlari saqlanib qolgan bo'ladi. Shuni unutmangki, haftasiga ikki marta 200-300 grammdan kartoshka eyish maqsadga muvofiqdir.