emlash vaqtida nima mumkinu, nima mumkin emasligi haqida tibbiyot fanlari doktori, immunolog-shifokor Vladislav Jemchugov Sputnik radiosiga bergan interv`yusida tushuntirdi.
SHifokor xastalangan kishilarni emlash mutlaqo mumkin emasligini ta'kidladi. Agar tana harorati 37 darajadan oshsa ham odamni emlash mumkin emas ekan. SHuningdek, yaqin vaqt ichida spirtli ichimlik iste'mol qilgan shaxslar ham emlanishdan bebahra bo'lar ekan. Bunda odamning jigari qanday ishlashiga qarab vaqtni belgilash mumkin ekan. YA'ni spirtli ichimlikni 10-12 soatdan to bir sutkagacha avval ichish ta'qiqlanadi.
Immunolog emlanishga kelgan odamlarga vaktsinaning chiqarilgan va saqlanish muddati, qanday sharoitda saqlanganligi bilan qiziqishlarini tavsiya qiladi. SHuningdek, uning to'rt darajadan yuqori haroratda saqlanmasligi lozim ekanligini ham eslatadi.
Muhim jihatlaridan biri, — deb tushuntiradi Vladislav Jemchugov, — hamshira emsa, shifokorning o'zi ukol qilishi kerak. Va albatta, bir marta ishlatiladigan shprits haqida ham unutmaslik kerak.