Shifokorlar jigar kasalligining kutilmagan alomati haqida gapirib berishdi

    Britaniyalik shifokorlar “Express” nashriga jigar yog'i kasalligining noodatiy alomati haqida gapirib berishdi.

    Mutaxassislarning fikriga ko'ra, bu kasallikning alomatlaridan biri og'iz bo'shlig'ida hidning o'zgarishi bilan bog'liq. Bu boshqa surunkali kasalliklardan ham darak berishi mumkin.

    Bunday muammolar to'satdan boshlanishi mumkin. Shuning uchun organizmdagi o'zgarishlarga o'z vaqtida e'tibor berish va shifokorga borish juda muhimdir.

    Jigar kasalliklari xavfli sanaladi, chunki ular infeksiyalarga qarshi immunitetni pasaytiradi. Ko'pincha bu organning kasalliklari bilan og'rigan odamlarda siydik yo'llari yoki nafas olish yo'llari infeksiyalari mavjud bo'ladi.

    Qo'llarda titroq, asabiylashish va konvulsiya ham jigar muammolarining yanada jiddiy belgilari bo'lishi mumkin. Shuningdek, uyquchanlik, tartibsizlik, nutqning buzilishi va umumiy letargiya ham kuzatilishi mumkin, deyiladi rsport.ria.ru saytida.