Mutaxassisning qayd etishicha, bemorlar kam, kasallik ommaviylik kasb etmaganida mazkur kasallikni ilk kunlardanoq aniqlash qiyin. Shunga qaramay, terida toshmalar yuzaga kela boshlasa, bu maymun chechagidan dalolat berishi mumkin.
“Hozirda Afrika mamlakatlaridan kelgan odamlarda tana haroratining ko'tarilishi tashvishli holat sanaladi. Toshma toshgandan keyingina klinik tashxis qo'yish mumkin”, deydi professor.
Tibbiyot fanlari doktori, vrach-infeksionist, professor Yelena Malinnikovaning ta'kidlashicha, maymun chechagi limfa tugunlarining kattalashishiga ham sabab bo'ladi.
Uning aytishicha, maymun chechagi isitma, qattiq bosh og'rig'i, shuningdek, mushaklarda og'riq orqali namoyon bo'ladi.
Altshteynning qo'shimcha qilishicha, agar mazkur virus birinchi marta odamga yuqsa, u xavfli sanaladi. Bordiyu, odamdan odamga yuqsa, uning xavfi kamayadi. Shu sababli ham u epidemiyani yuzaga keltirmasligi kerak, deyiladi iz.ru saytida.