Shifokorlarga malaka toifasini berish tizimi yangi formatda yoʻlga qoʻyiladi

    Shifokorlarga malaka toifasini berish tizimi 2023-yil 1-apreldan boshlab mutlaqo yangicha formatda yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligining navbatdagi Hayʼat yigʻilishida maʼlum qilindi.

    Ushbu tizim bosqichma-bosqich transformatsiya yoki reabilitatsiya qilinadi.

    Bunga koʻra talabgorlarning hujjatlari onlayn qabul qilinadi.

    Talabgorning malaka talablariga muvofiqligi, nazariy bilimlari va amaliy koʻnikmalari 3 bosqichlik tizimda baholanadi.

    Inson omilini kamaytirish va korrupsion xavflarni barataraf etish maqsadida sinov jarayonlari ham onlayn tarzda olib boriladi.

    Tizimda faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlarni sogʻliqni saqlashni boshqarish yoʻnalishida tibbiyot diplomatiyasiga oʻqitish tashkil etiladi.