13-oktyabr soat 11:45 larda, Peshku tumani IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga koʻra, Buxoro viloyati, Peshku tumani, Chigʻirchi MFY, Yangibozor koʻchasida joylashgan markaziy kasalxonadagi avtomashinalar toʻxtash joyida portlash yuz bergan.

Aniqlanishicha, yuqorida qayd etilgan joyda“Matiz” rusumli transport vositasining metall gaz ballonida nosozliklar yuzaga kelib, chaqnash sodir boʻlgan. Chaqnash natijasida tan jarohati olgan va halok boʻlgan fuqarolar mavjud emas.

Sodir boʻlgan chaqnash natijasida “Matiz” avtomashinasi atrofida boʻlgan, 2 ta “Neksiya” rusumli, hamda “Lasetti” rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati, Peshku tumani FVB va YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasi IIV YHXBB matbuot xizmati.