Shifoxonalarda koronavirusdan davolanayotganlar soni 2 ming nafardan oshdi, ularning 238 nafari ogʻir ahvolda

    Salomatlik 19 Aprel 2021 744

    2021-yil 18-aprel holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 86982 (+302) nafarni tashkil etmoqda.

    Yangi kasallanish holatlarining:

    3 nafari Andijon viloyatida,

    1 nafari Buxoro viloyatida,

    6 nafari Jizzax viloyatida,

    1 nafari Qashqadaryo viloyatida,

    2 nafari Navoiy viloyatida,

    3 nafari Namangan viloyatida,

    18 nafari Samarqand viloyatida,

    3 nafari Sirdaryo viloyatida,

    59 nafari Toshkent viloyatida,

    206 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

    Kecha kun davomida:

    Andijon viloyatida 28 nafar,

    Qashqadaryo viloyatida 1 nafar,

    Samarqand viloyatida 92 nafar,

    Surxondaryo viloyatida 5 nafar,

    Toshkent viloyatida 32 nafar,

    Toshkent shahrida 106 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 84307 (+264) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.

    Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2037 nafar bemordan 238 nafari ogʻir, 109 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi

    Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.