Avvalroq KXDR Chagando viloyatidagi Kange hududidan Yapon dengizi tomon bir nechta qisqa masofali ballistik raketalarni uchirgani xabar qilingandi.
“Shimoliy Koreya raketalari taxminan 250 kilometr uchib o'tib, keyin Yapon dengiziga tushib ketgan”, dedi Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi.
Qayd etilishicha, Janubiy Koreya va AQSh harbiylari KXDRning raketalarni uchirishga tayyorlanayotganini oldindan aniqlashgan va uchirish vaqtida ularni “darhol” kuzatishgan. Harbiylar AQSh va Yaponiya bilan yaqindan ma'lumot almashadi va raketa uchirilishi tafsilotlarini tahlil qilishadi, deb xabar beradi ria.ru.