Bu haqda Koreya markaziy axborot agentligi xabar berdi.

“KXDR raketa ishlab chiqarish bosh boshqarmasi ishlab chiqilayotgan yuqori balandlik va uzoq masofaga mo'ljallangan yangi zenit raketalarini Yapon dengizida sinovdan o'tkazdi”, deyiladi agentlik xabarida.

Bu havo hujumidan mudofaa texnologiyalarini rivojlantirish doirasida “yuqori balandlik, uzoq masofaga mo'ljallangan yangi zenit-raketa tizimining taktik va texnik xususiyatlarini baholashga qaratilgan” birinchi sinovdir.

Otilgan raketalar 200 kilometr masofadagi shartli havo nishonlariga zarba berdi, deb xabar berdi report.az.

“Kim Chen In sinov muvaffaqiyatli o'tgani bilan tabrikladi”, deya ta'kidladi Koreya markaziy axborot agentligi.