Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi

    Shimoliy Koreya Yapon dengizi tomon ballistik raketa uchirdi. Bu haqda Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo'mitasi ma'lum qildi, deb yozadi Yonhap.

    Janubiy Koreya agentligi ma'lumotlariga ko'ra, Shimoliy Koreya noma'lum raketa uchirdi. Ishga tushirish tafsilotlari berilmagan.

    4-oktabr kuni Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan ballistik raketa Yaponiya hududi uzra uchib o'tib, Tinch okeaniga tushib ketgandi. Snaryad Yaponiyadan uch ming kilometr uzoqlikda qulab tushgandi.

    12-sentabr kuni Yaponiya qirg'oq qo'riqlash xizmati ham KXDR ballistik raketa uchirganini ma'lum qilgandi, deb xabar beradi lenta.ru.