Shimoliy muz okeani erib tugayaptimi?

    Maʼlumotlarga koʻra, iyul oyida Arktikada butun kuzatuvlar tarixidagi eng kam muzlik qayd etildi.

    “Nature Climate Change” jurnalida iqlim bilan bogʻliq bir tadqiqot yoritildi.

    Arktikada joylashgan Shpisbergen arxipelagida esa olimlar meteokuzatuvlar tarixidagi eng issiq +22 daraja haroratni roʻyxatga olishgan.

    Iqlimshunos olimlar 2035-yilga borib, Arktika (Shimoliy muz okeani ham shuning ichida) muzliklari butunlay erib ketishidan ogohlantirmoqda.

    Sayyoramiz shimoliy qismining Yerda oxirgi marta global isish yuz bergan 125 ming avvalgi holati bilan solishtiruvlar shundan dalolat bermoqda.

    «Global isish taʼsirida Arktika jiddiy oʻzgarishlarni boshdan oʻtkazayotganidan xabardormiz. Atigi 15 yildan soʻng, 2035-yilda Arktika muzliklari tamomila tugashi ehtimolining oʻziyoq insoniyatni, fursatni boy bermay, global isishga qarshi faolroq kurashga undashi shart», — dedi maqola mualliflaridan biri, britaniyalik paleoklimatolog Luiza Saym.

    Tadqiqot mualliflari muammoga dunyoning eng katta siyosatchilari eʼtiborini tortib, ularni iqlim oʻzgarishlariga qarshi faolroq kurashishga chorlashmoqchi.