Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-noyabrda qabul qilingan “Toshkent shahrida ekologik vaziyatni yaxshilash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonida belgilandi.
Farmonga koʻra, shundan keyin ham qoidalarni buzib, shina, mazut, bitum kabi mahsulotlar yoqqan issiqxonalar jazolanadi.
Bosh prokuratura 2025-yil 25-noyabrdan boshlab 2026-yil 25-martga qadar mazut, ishlatilgan avtomobil moyi va shinasining noqonuniy aylanmasini oldini olishga eʼtibor qaratadi, bu kabi holatlar aniqlangan taqdirda keskin choralar koʻradi.
Buning natijasi yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga axborot kiritib boradi.