AQSHlik olimlar olib borilgan tadqiqotlardan soʻng ana shunday xulosaga kelishdi.

Mutaxassislarning aytishicha, revmatoid artrit boʻgʻinlarni oʻrab turuvchi sogʻlom toʻqimalarning zararlanishi oqibatida yuzaga keladigan kasallik. Bunda boʻgʻinlarni qoplab turadigan yupqa hujayralar qatlami yalligʻlanadi, oqibatda muayyan kimyoviy moddalar ajralib chiqadi. Buning oqibatida boʻgʻinlar nafaqat oʻz shaklini yoʻqotadi, balki jiddiy zarar koʻradi.