Oʻn sotix yerda plyonka ostida parvarishlangan “Dokorol” qovun  navlari ertapisharligi, shirin taʼmi bilan  ajralib turadi. Ayni kunda  bir kilogramm qovun ulgurji narxda 30-35 ming soʻmdan sotilmoqda.

– Dastlabki hosilning oʻzidan 50 million soʻmdan ortiq  daromad olishni koʻzlab turibmiz, – deydi usta tomorqachi paykal oralab pishgan qovunlarni saralab. – Mahsulotlarimizni  ichki bozordan tashqari, yaqin qoʻshni mamlakatlarga ham eksport qilamiz. Oʻtgan yili Rossiyaga ham qovun sotganmiz. 

Tomorqachilikni rivojlantirish, mirishko tomorqachilar ish tajribalarini ommalashtirish, qoʻllab-quvvatlashgan boʻlgan eʼtibor tufayli mahalla hududida tomorqachilik tobora  taraqqiy etib bormoqda.   Ayni kunda  754 ta aholi tomorqasidagi 35 gektar yerda ertangi  qonuv yetishtirish  yoʻlga qoʻyilgan.

– Oʻtgan yilning oʻzida  aholi tomorqa xoʻjaliklarida poliz va sabzavotchilik yoʻnalishida issiqxona tashkil etish uchun 300 mln soʻm imtiyozli kredit mablagʻlari berilgan, – deydi “Besarang” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Dilmurod Qosimov. – Joriy yilda tomorqachilik, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 1 mlrd. 200 mln. soʻm  kredit mablagʻlari   ajratish borasida   amaliy takliflar berdik.

                                   Rasuljon Kamolov,

“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri