Bu haqda FVB xabar qildi.
Qayd etilishicha, zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan yongʻin-qutqaruvchilar tomonidan yongʻin soat 14:37 da toʻliq oʻchirildi.
Yongʻinni bartaraf etish vaqtida, yongʻin sodir boʻlgan xonadon ichida boʻlgan 3 nafar (2019-y.t J.J, 2020-y.t. J.M hamda 2022-y.t J.I) bola qutqarib qolingan. Shu joyning oʻzida bolalarga zudlik bilan birinchi tibbiy va psixologik yordam koʻrsatildi.
Yongʻin oqibatida insonlarning tan jarohati olishi va halok boʻlish holatlari kuzatilmagan. Hozirda yongʻinning sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.