Sessiyada tashkiliy masala koʻrildi. Xojimatov Abdugʻaffor Tillaboyevich boshqa lavozimga tayinlangani munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod qilindi.
Shu kungacha “Yuksalish” umummilliy harakatining Sirdaryo viloyati hududiy boʻlinmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan Sultonov Sarvarbek Toʻlqinbek oʻgʻli Shirin shahar hokimi etib tasdiqlandi.
Maʼlumot oʻrnida, Sarvarbek Sultonov 1989-yilning 19-iyulda Oqoltin tumanida tugʻilgan. 2011-yilda Guliston davlat universiteti, 2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti magistaturasini tamomlagan. “Doʻstlik” ordeni sohibi.
Mehnat faoliyati davomida turli yillarda Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati “Yetakchi” yoshlar oʻquv markazi Sirdaryo viloyati koordinatori, Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat Kengashi Aholi bandligi va ijtimoiy siyosat masalalari boʻlimi mudiri, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumani xalq taʼlimi muassasalar faoliyatini metodik taʼminlash va tashkil etish boʻlimi uslubchisi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Oqoltin tumani Kengashi raisi, Oʻzbekiston “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Sirdaryo viloyati Kengashi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.
Sirdaryo viloyati hokimligi
Axborot xizmati