Unda tumandagi “F.” uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari N.X. aholidan yigʻilgan jami 241,5 mln soʻmni shirkatning bankdagi hisob-raqamiga kirim qilmasdan, oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.