“Mingchinor” mahalla fuqarolar yig'ini hududida  barpo etilgan “ABZ PLYUS DB INVEST” MCHJ qo'shma korxonasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. 

Mazkur korxona asfal`t ishlab chiqarishga yo'naltirilgan bo'lib, loyihaning umumiy qiymati 2 million dollar. SHundan 574 ming dollar bank krediti, 1 million 426 ming dollar tadbirkorning o'z mablag'i evaziga tashkil etildi. 

Mazkur MCHJ rahbari A.Ovsepyanning aytishicha, korxonaning yillik quvvati 115 milliard so'mni tashkil etib, ichki bozorni ta'minlash uchun asfal`t ishlab chiqarish maqsad qilingan. Bu erda 15 ta yangi ish o'rni yaratilgan bo'lib, keyinchalik ish o'rinlari sonini ko'paytirish ko'zda tutilgan.

Korxona yo'l qurilishida sifatli mahsulot etkazib berish maqsadida Xitoyning “AMBETTER MASHINERY CO.,LTD.” xolding kompaniyasida ishlab chiqarilgan uskunlar bilan jihozlangan.

Mazkur korxonaning faoliyati yo'lga qo'yilishi tufayli tuman iqtisodiyoti  yanada yuksaladi, yangi ish o'rinlari yaratiladi, buning natijasida oilalarning daromadi ortadi, deb xabar beradiu Buxoro viloyat hokimligi matbuot xizmati .