Tuman hokimligi “Yoshlar daftari”ga kirgan yoshlarni kasbga oʻqitish, shu orqali ularning malakasini oshirib, kerakli kasb egasi boʻlishini taʼminlash maqsadida Sarimoy mahallasida joylashgan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli markaziy taʼmirlash mexanika sexi maydonchasida “Ustoz-shogird” anʼanalari asosida zarur mutaxassislikka oʻrgatish yoʻlga qoʻygandi. Oʻtgan davrda bu yerda kasb sirlarini oʻrgangan yoshlarning 21 nafari doimiy ish bilan taʼminlandi. Eng chekka mahalla uchun bu katta raqam hisoblanadi.
Hozirda bu yerda yana yigirma nafar yosh ustozlaridan qurilish, sanoatda asqatadigan bir qator kasb-hunarlarni oʻrganishmoqda.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri