Qariyb 20-yil yopiq boʻlgan Shohimardon va Yordon anklav qishloqlariga oʻtgan yili 400 mingga yaqin turist bordi.

Lekin, “Vodil” va “Oq-qiya” chegara oʻtkazish punktlari xalqaro maqomga ega emasligi bois xorijiy turistlar Shohimardon va Yordonga Oʻsh orqali aylanib kelishiga toʻgʻri kelmoqda. Bu masala hal boʻlsa, tadbirkorlar ushbu 2 ta qishloqqa 100 million dollar investitsiya kiritishga tayyor.

Bu borada qoʻshni mamlakat bilan tegishli muzokaralar olib borilayotgani maʼlum qilindi.

Mutasaddilarga Shohimardon va Yordon qishloqlari, Vodil shaharchasining master rejasini ishlab chiqish topshirildi.