Super engil vazn toifasida IBF yo'nalishi chempioni Sabriel Matias hamda ushbu kamarga da'vogar hamyurtimiz Shohjahon Ergashev o'rtasidagi jang muzokaralari yakunlanmoqda.
International Boxing News nashrining ma'lum qilishicha, tomonlar jangning 4 noyabr kuni o'tkazilishiga kelishgan. Manzil esa AQSHning Las-Vegas shtati bo'ladi.
Avvalroq, ESPN nashri mazkur jangning 14 oktyabr kuni o'tkazilishi haqida xabar tarqatgan edi.