“Qush esdaligi” filmida bosh qahramonni Shohjahon Subhonov ijro etgan. Yosh aktyor film haqidagi taassurotlarini soʻzlab berdi:
– Choʻlponning ijodiy faoliyatini oʻrganib oʻzim uchun ancha ilm va tajriba oldim. Shoir 24 yoshidayoq Turkistonda ancha taniqli boʻlgan. Qolaversa, jamoatchilik ishlaridagi faolligi va ilgʻor tashabbuslari bilan el nazariga tushadi.
Yosh rejissyor Husan Rashidovning taklifi bilan kastingda qatnashib, muvaffaqiyatli oʻtdim. Syomka jarayonlari ancha hayajonli boʻldi.
Filmda Choʻlpon siymosini toʻlaqonli ochib berishga harakat qildim. Bu tarixiy obraz men uchun debyut ijro boʻldi. Barcha qiyinchiliklar va mashaqqatlar besamar ketmadi, deb oʻylayman. Ijodiy jamoa bilan ishlab, juda katta tajriba toʻpladim!
Kinematografiya agentligi Axborot xizmati