Shokolad ishlab chiqaruvchilar yuqori narxlar tufayli kakaodan voz kechishni boshladi

    Kakao loviya va yog'larning narxi oshishi tufayli butun mamlakatdagi shokolad ishlab chiqaruvchilari o'z mahsulotlarining og'irligini kamaytirib, tarkibida kakao miqdorini sezilarli darajada pastlamoqda.

    Buyuk Britaniya bozorida og'irligi odatiy shokoladlardan 2/3 ga past bo‘lgan shokolad batonchiklari paydo bo'lgan. Ishlab chiqaruvchilar o'z mahsulotlariga kakaodan ko'ra ko'proq karamel va yeryong'oq yog'ini qo'shmoqda. Ma'lumotlarga ko‘ra shirinliklar ishlab chiqarishda ushbu ingredientlar foydalanish hamma joyda ortib bormoqda.

    Xabarga ko‘ra joriy yilning fevral oyida kakao loviya narxi so'nggi 46 yil davomida rekord o'rnatgan. London birjasida 1 tonna kakaoning narxi 5 009 dollargacha oshgan. G‘arbiy Afrikada hosilning yomonlashib borayotganligi tufayli narx ham ko‘tarilib bormoqda.

    Ishlab chiqaruvchilar bundan shikoyat qilmoqdalar. Bloomberg ta'kidlanganidek, yaqin kelajakda kakao narxi arzonlashmaydi.