Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va “Roma” hujumchisi Eldor Shomurodovga “Torino” va “Bolonya” qiziqmoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar bermoqda. Rimliklar transfer boʻyicha taklif olishdi.
Ikki klub ham 27 yoshli oʻzbekistonlikni xarid qilish huquqi bilan ijaraga olmoqchi.
Eslatib oʻtamiz, Shomurodov “Roma”ga oʻtgan yilning avgustida “Jenoa”dan 18 million yevro evaziga oʻtgandi.
“Roma” hujumchini sotishga tayyor.