Sud jarayonida Xudoyberganov Baxtiyor Xaitovich O'zbekiston Respublikasi JKning 229/4-moddasi 2-qismi “a, b” bandlari, 167-moddasi 2-qismi “a, v, g” bandlari, 209-moddasi 2-qismi “a” bandi, 184/1-moddasi 2-qismidagi jinoyatni qasddan sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Xudoyberganov Baxtiyor Xaitovichga O'zbekiston Respublikasi JKning 59, 61-moddasi tartibida, tayinlangan jazolarni qisman qo'shish yo'li bilan uzil-kesil 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 (to'rt) yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Ma'lumot uchun, Xudoyberganov Baxtiyor Xaitovich, 2019 yil 20 sentyabr kunidan 2022 yil 25 yanvar` kuniga qadar Sho'rchi tuman hokimi lavozimida ishlagan.