Akbarali Ishmurzoyev 1982-yilda Denov tumanida tugʻilgan. 2003 va 2009-yilda Termiz davlat universtetini tamomlagan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi – transport vositalaridan foydalanish, moliya.
Faoliyati davomida ijro hokimiyati organlarida turli lavozimlarda, xususan, Uzun va Angor tumani hokimining oʻrinbosari vazifasida mehnat qilgan.
Tayinlovga qadar A.Ishmurzonev 2023-yildan buyon Denov tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.