“Oʻzbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli 2-sonli Gazdan propan butan aralashmasini ajratib olish qurilmasida yongʻin sodir boʻldi.

1-iyulda, taxminan soat 12:50 da Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli Shoʻrtan Bosh inshootidagi Gazdan propan-butan aralashmasi ajratib olish 2-sonli qurilmasida sodir boʻlgan yongʻin sababli avariya holatda toʻxtatilgan.

Hozirgi vaqtda yongʻinni bartaraf etish maqsadida tezkorlik bilan “Oʻzbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi boshchiligida “Ishchi guruh” tashkil etildi va voqea joyida boʻlib, avariya holatni bartaraf etish ishlari olib borildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining Yongʻin xavfsizligi xodimlar bilan hamkorlikda olib borilgan harakatlar natijasida yongʻin toʻla bartaraf etildi, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.

Malumot uchun: Gazdan propan butan aralashmasini ajratib olish qurilmasining loyihaviy quvvati yiliga 3 milliard kub metr tabiiy gazni qayta ishlashga va 50 ming tonna propan butan aralashmasini ajratib olishga moʻljallangan.