“Shoʻrtan”da tabiiy gaz va kondensat olinadigan yangi quduq ochildi

    “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining Shoʻrtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga qarashli “Shoʻrtan” gazkondensat konidagi 340-sonli quduqda olib borilgan burgʻilash ishlari ham muvaffaqiyatli yakunlanib, quduqning 2904-2999 metr oraligʻiga filtr tushirilgan.

    Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining axborot xizmati xabar bermoqda.

    Qayd etilishicha, quduqni oʻzlashtirish ishlaridan soʻng, kunlik 55 ming kub metr sanoat miqyosidagi tabiiy gaz va 0,5 tonna gaz kondensati qazib chiqarilishiga erishilgan.

    Eslatib oʻtamiz, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanidagi “Shoʻrtan” gazkondensat koni 1980-yilda ishga tushirilgan.