Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda “Shoʻrtanneftgaz” MCHJ, “Shoʻrtangazkimyo” majmuasining 10 ta yongʻin qutqaruv ekipajlari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.

Qutqaruvchilar tomonidan olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin toʻliq bartaraf etilgan. Ammo, ushbu hodisa oqibatida korxonada faoliyat yuritgan 1 nafar fuqaro vafot etgan. Shuningdek, sexning 2 nafar ishchi-xodimi yengil tan jarohati olib, ularga ambulator tibbiy yordami koʻrsatilgan hamda uyiga javob berildi.

Yongʻinning sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.