“Shoshtepa” arxeologiya yodgorligida konservatsiya ishlari boshlanadi

    Shoshtepa miloddan avvalgi IX-XVI asrlarga oid yodgorlik boʻlib, Sergeli tumanining Choshtepa koʻchasida, Joʻn kanali boʻyida joylashgan va ayni shu yodgorlikdan Toshkentning 2200 yoshini belgilashga imkon beradigan shaharcha belgilari topilgan.

    Ijtimoiy tarmoqlarda Shoshtepa arxeologik yodgorligining hozirgi holati keng muhokama qilinmoqda. Toshkentliklar uning atrofidagi qurilish ishlari sabab yodgorlikka ziyon yetayotganidan va u kelajak avlodlar uchun saqlanmasligidan xavotirlarini bayon etganlar.

    Madaniy meros agentligi tomonidan Toshkent shahar Sergeli tumani Choshtepa ko‘chasida joylashgan yodgorlik 2019-yil 28-iyunda madaniy meros ob'yektlari davlat kadastriga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingani ma’lum qilindi.

    Shoshtepa arxeologiya yodgorligida joriy haftada “ECO HOUSE GROUP” MCHJ tomonidan konservatsiya ishlari boshlanishi belgilandi.

    Bu haqda Madaniy meros agentligi ma’lum qildi.