Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.
Vazirlik harakat ishtirokchilari uchun eslatma berdi.
Yoʻlovchilar uchun:
- Avtobuslar yoʻlning oʻrta qismidagi maxsus ajratilgan yoʻlak orqali harakatlanadi.
- Platformaga faqat belgilangan piyodalar oʻtish joylari orqali chiqing.
- Avtobus toʻliq toʻxtagachgina eshikka yaqinlashing.
- Avval keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va bolali yoʻlovchilarga yoʻl bering.
Haydovchilar uchun:
- Markaziy avtobus yoʻlagi (BRT) faqat avtobuslar uchun moʻljallangan.
- Bu yoʻlakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi va toʻxtashi qatʼiyan taqiqlanadi.
- Chapga burilish va ortga qayrilish har ikki yoʻnalishda ham taqiqlangan.