44 yoshli Pol Makdonaldning uyi dengizdan bir necha mil uzoqlikda, bir vaqtlar qirg'oq chizig'ining bir qismi bo'lgan hududda joylashgan. Topilmani o'rganayotgan paleontologlar delfin so'nggi muzlik davridan keyin qirg'oqqa chiqib qolgan bo'lishi mumkinligini qayd etishdi.

Shotlandiya Milliy muzeyining umurtqali hayvonlar bo'yicha bosh kuratori Endryu Kitchenerning aytishicha, topilgan delfin juda kichik, u urg'ochi bo'lishi mumkin.

Suyaklar orasidan go'sht kesishda ishlatiladigan bug'u shoxidan yasalgan singan asbobni ham topishdi. Shu bois arxeologlar delfin bu joylarda yashovchi qabilalarning o'ljasiga aylanganini taxmin qilishdi, deb xabar beradi mir24.tv.