Uch qavatli yangi tibbiy markazda eng soʻnggi rusumdagi tibbiyot jihozlari va uskunalari oʻrnatilgan. Tashxis qoʻyish uchun “MSKT”, AQSHda ishlab chiqarilgan “UZI” apparatlari yordamida bemorlarga aniq va tezkor tashxis qoʻyish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, bu yerda jarrohlik amaliyotini bajarish uchun maxsus xonalar ham bor. Markaz ayollar kasalliklarini davolash boʻyicha ham eng soʻnggi rusumdagi tibbiy uskunalarga ega.
Ushbu markaz “Diyorbek” xususiy dorixonasi tomonidan 9 milliard 500 million soʻm mablagʻlar evaziga bunyod etildi va bu yerda 30 ta yangi ish oʻrni yaratildi.
Roʻzimboy HASAN,
“Yangi Oʻzbekiston” muxbiri