Rapira va shpaga qurollarida oʻtayotgan musobaqaning kecha ortda qolgan kunida jamoaviy yoʻnalishda gʻolib va sovrindorlar aniqlab olindi.

Ahamiyatlisi, shpagachi qizlarimiz musobaqada chorak finalgacha yetib bordi va kuchli sakkizlikdan joy oldi. Hamyurtlarimiz 1/8 finalda Avstriyani 45:39 hisobida dogʻda qoldirishdi, biroq yarim final ostonasida ispaniyalik raqibalariga 41:45 hisobida imkoniyatni boy berishdi. Afsuski, qolgan yoʻnalishlarda jamoalarimiz 1/8 finalda magʻlubiyatga uchradi.

Shpaga, yigitlar: Oʻzbekiston – Fransiya 31:45
Rapira, qizlar: Oʻzbekiston – Polsha 23:45
Rapira, yigitlar: Oʻzbekiston – Slovakiya 31:45.