Shu yilning 9 oyida 704,9 mlrd. so‘m byudjet mablag‘lari noqonuniy va maqsadsiz sarflangan

    Bu haqda ayni daqiqalarda o‘tkazilayotgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida ma’lum qilindi.

    Ta’kidlanishicha, har bir vazirlik va idoralarda tashkil etilgan Ichki-audit boshqarmasi tomonidan xavflarni aniqlash va ularning oldini olish, ularning natijalarini tahlil qilish va doimiy nazorat qilish ishlari to‘g‘ri tashkil etilmagan.Buning natijasida byudjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki noqonuniy sarflash holatlari kamaymasdan, yildan-yilga oshib bormoqda.

    Shu sababli xalq vakillari tomonidan vazirlik va idoralarning Ichki-audit boshqarmasini qayta ko‘rib chiqish, xodimlarini o‘qitish, ularning salohiyatini oshirish va nazorat qilish ishlarini muvofiqlashtirish yuzasidan takliflar bildirildi.