Mutaxasssislar tomonidan olib borilgan tahlillar natijasida shubhali tadbirkorlik subyektlari soni bundan ham koʻp ekanligi maʼlum boʻldi.

Tahlika-tahlil dasturi orqali olib borilgan tahlillar yakuniy natijalariga koʻra, dastlabki aniqlangan 396 ta shubhali korxona qatoriga yana 129 ta korxona qoʻshilib, ular soni 525 taga yetdi.

Tahlil natijalariga koʻra, ushbu shubhali korxonalar kontragentlarining shaxsiy kabinetlari orqali asossiz hisobga olingan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasiga tuzatish kiritishlari toʻgʻrisida xabarnomalar yuboriladi.

Soliq nazorati tadbirlari davom etmoqda.