Hokim Yormozor, Beshbola, Toʻqimachi, Qirguli... kabi oʻnlab qishloq va mavzelaridagi shahobchalarni oʻz koʻzi bilan koʻrib oʻrgandi. Shu payt bu yerda boʻlgan shifokor va xamshiralar ochiqchasiga suhbatlashdi. Tana harorati oshishi bilan bogʻliq har bir chaqiriq, bemorning tashxisi, davolash jarayonini erinmasdan soʻrab-surishtirdi. 

Maʼlum boʻlishicha tana harorati koʻtarilgan bemorlar iyul oyida 5003 ta boʻlib, oʻrtacha kunlik 166 tani tashkil etadi. Ularning 4 001 nafari (79,9%) 14 yoshgacha boʻlgan bolalar hisobiga toʻgʻri kelmoqda.

Bolalarda tana harorati koʻtarilishi asosan sovuq suv ichishi, mevalarni va oziq-ovqat mahsulotlarini aralashtirib isteʼmol qilishlari oqibatida uchraydigan angina, tonzillit, laringit, diareya va oshqozon-ichak yoʻllarining disfunksional buzilishi kasalliklarida qayd etilgan. Ulardan 2 550 tasi shahar va tuman Markaziy shifoxonalarining boʻlimlarida statsionar sharoitda, 1451 nafari ambulator sharoitda toʻliq davo muolajalarini qabul qilib sogʻayib chiqqan. Tana harorati koʻtarilgan bemorlar tahlil qilinganda bolalar oʻrtasida koronovirus infeksiyasiga gumon holatlari kuzatilmagan.

Mazkur bemorlardan 1002 nafari kattalarni tashkil etib, ularning tana haroratlari asosan nafas tizimi surunkali kasalliklari xuruji, oshqozon-ichak yoʻllari funksiyasi buzilishi natijasida kuzatilgan. Epidemiologik anamnez kasalliklarida koronovirusga gumon qilinib, 302 ta holatda PZR tahlillari uchun test sinamalari olinib, barcha holatlarda manfiy natijalar kuzatilgan.

 

Hokim 31-iyul kungi manfiy natijalar kuzatilgan maʼlumotga alohida eʼtibor qaratdi va mutaxassislardan nega aynan shu kuni tana harorati koʻtarilishi bilan bogʻliq chaqiriqlar soni oshib ketgan, deya savolni koʻndalang qoʻydi.

Agar 30-iyul kuni 3635 ta chaqiruvning 152 tasida tana harorati oshgan boʻlsa, 31-iyul kuni chaqiruvlar soni 4504 taga koʻpaygan va isitmalaganlar 203 nafarni tashkil etgan, - dedi viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Odiljon Umarov. – 203 ta tana harorati koʻtarilgan bemorlarning 140 tasi bolalar va 63 ta kattalarni tashkil kiladi. 140 ta tana harorati koʻtarilgan bemorlarda asosan 18 ta angina, 22ta tonzillit, 24ta laringit, 10 ta faringit, 26 ta laringotraxeit va 40 ta oshqozon-ichak disfunksional buzilishi va diareya kuzatildi. 63 ta katta yoshdagi bemorlarda esa 33 ta holatda yuqori nafas yoʻllarinining yalligʻlanishi, 30 ta holatda oshqozon-ichak yoʻllari disfunksional buzilishlari roʻy bergan.

Aynan 31-iyulda chaqiruvlar sonining ortishiga sabablardan biri Qurbon hayiti munosabati bilan qishloq vrachlik punktlari, qishloq va shahar oilaviy poliklinikalari faoliyat koʻrsatmaganligi, karantin qoidalarining kuchayishi natijasida transport vositalarining harakatlanishi cheklanganligi bilan bogʻliqlikda edi.

Shu tunda Fargʻona, Margʻilon, Quvasoy shaharlari, Quva, Toshloq, Oltiariq ... kabi tumanlardagi markaziy tez yordam stansiyalari va uning joylardagi shahobchalari ish faoliyati oʻrganildi.

"Adashmasak, Oltiariqdagi Fayzobod qishlogʻida tez yordam shahobchasidan chiqayotganida allaqaysi xonadondan xoʻrozning qichqirigʻi eshitildi. Quyoshning shafaqlari orasidan kuchsiz nuri tarala boshladi.

— Sizlar uyingizga qayting va dam oling, — dedi Shuxrat Gʻaniyev. — Oʻrtoq Umarov siz tez tibbiy yordam tizimidagi shahobchalarni taʼmirlash, shifokorlarga qoʻshimcha sharoit yaratish boʻyicha taklif kiriting. Keragicha pul topib beramiz", — degan soʻzlarini iqtibos keltiradi Fargʻona viloyat hokimligi axborot xizmati.