Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Yoshlar ishlari agentligi, Madaniyat vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi bilan birgalikda “Shuhrating porlasin toki bor jahon!” mavzusida Davlat madhiyasini jamoaviy jo'r bo'lib kuylash tanlovini e'lon qilgan edi.
Tanlovga respublika bo'ylab 300 ga yaqin videorolik kelib tushdi va hakamlar hay'ati tomonidan saralandi. Yakuniy natijalarga ko'ra, 4 ta nominatsiya bo'yicha g'oliblar aniqlandi.
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan oila” nominatsiyasida:
1-o'rin – Bekpo'latovlar oilasi (Navoiy viloyati);
2-o'rin – Safarovlar oilasi (Toshkent shahri);
3-o'rin – Nutfievlar oilasi (Buxoro viloyati).
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan maktab” nominatsiyasida:
1-o'rin – Halima Xudoyberdieva nomidagi ijod maktabi;
2-o'rin – Termiz shahridagi Prezident maktabi;
Zangiota tumanidagi 13-son bolalar musiqa va san'at maktabi;
3-o'rin – Quvasoy shahridagi 90-maktab-internat;
Yashnobod tumanidagi 255-umumta'lim maktabi.
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan guruh” nominatsiyasida:
1-o'rin – Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari guruhi;
Farg'ona viloyati hokimliklari xodimlari va Farg'ona ixtisoslashtirilgan san'at maktabi o'quvchilari guruhi;
2-o'rin – Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari guruhi;
Toshkent shahridagi “Profi school” xususiy maktabi o'quvchilari guruhi;
3-o'rin – O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari guruhi.
“Davlat madhiyasini eng yaxshi kuylagan mehnat jamoasi” nominatsiyasida:
1-o'rin – Ichki ishlar vazirligi jamoasi;
2-o'rin – “Yoshlar” teleradiokanali jamoasi;
3-o'rin – Marg'ilon shahridagi 1-umumta'lim maktabi jamoasi.
G'oliblarga 1-o'rin uchun 10 million so'm, 2-o'rin uchun 7 million so'm, 3-o'rin uchun 5 million so'm pul mukofoti berildi.