Oʻzbekiston TIV rahbari oʻrinbosari ishonch yorliqlarini qabul qilib olar ekan, Elchini yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga yuksak va masʼuliyatli lavozimdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Suhbat chogʻida Oʻzbekiston-Shvetsiya kun tartibi hamda xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari  muhokama qilindi.

Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda oʻzaro manfaatli aloqalarni faollashtirish boʻyicha takliflar koʻrib chiqildi.