Shveysariya Oʻzbekistondagi maktablarda masofaviy taʼlimni rivojlantirish uchun 150 ming dollar ajratdi

    Investitsiyalar 10 Avgust 2020 767

    Shveysariyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziga 150 ming AQSH dollari miqdorida grant ajratdi.

    Grant ajratish boʻyicha tegishli shartnoma 7-avgust kuni imzolandi. Shveysariya tomoni grant ajratish orqali Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi tomonidan amalga oshirilayotgan “Maktab taʼlimi uchun masofaviy oʻqitishni yoʻlga qoʻyish” loyihasiga hissa qoʻshayotgan mahalliy va xalqaro hamkorlar qatoriga qoʻshildi.

    Loyiha doirasida Maktab.uz onlayn taʼlim platformasi yaratiladi va tegishli darslar bilan toʻldiriladi. Shuningdek, oʻqituvchilarni psixologik, kasbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash hamda zarur hollarda kompyuter texnikasi bilan taʼminlash koʻzda tutilgan, deb xabar beradi “Dunyo” AA.