Si Szinpin savdo urushlarida g'oliblar bo'lmasligini aytdi

    XXR Raisi Si Szinpin AQShni ikki tomonlama munosabatlarni normallashtirishga va savdo urushidan qochishga chaqirdi.

    “Tariflar, savdo va ilmiy-texnikaviy urushlar tarixiy tendensiyalar va iqtisodiy qonuniyatlarga zid keladi, ularda g'oliblar bo'lmaydi”, dedi Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Xitoy markaziy televideniesi tomonidan translyatsiya qilingan bir qator xalqaro iqtisodiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvda.

    Si Szinpin AQSh Xitoy bilan ikki tomonlama munosabatlarni “barqaror, sog'lom va mustahkam rivojlanish” o'zani sari yo'naltirishda hamkorlik qilishiga umid bildirdi. Uning qo'shimcha qilishicha, Pekin o'z navbatida Vashington bilan muloqotni davom ettirishga, hamkorlikni kengaytirishga va “kelishmovchiliklarni nazorat ostida saqlashga” tayyor, deb xabar beradi tass.ru.