Kemerovo, Omsk, Tomsk, Novosibirsk, Irkutsk viloyatlari, Oltoy o'lkasi, Xakasiya va Tuvada kuchli jazirama munosabati bilan chang bo'roni haqida ogohlantirish e'lon qilindi.
Yaqin uch kun ichida bu hududlarda havo harorati 30-35 darajagacha ko'tariladi, deya ma'lum qildi Rossiya Gidrometeorologiya markazi ilmiy rahbari Roman Vilfand.
Bu haqda TASS xabar berishicha, Kemerovo, Tomsk, Novosibirsk, Omsk, Irkutsk viloyatlari, Oltoy o'lkasida issiqlik qaytmoqda. 13-15-iyun kunlari havo harorati 30 darajadan yuqori bo'ladi va bu xavfli hodisa. Chang bo'roni haqida ogohlantirish e'lon qilindi.
Vilfandning so'zlariga ko'ra, Xakasiya va Tuvada bu kunlarda havo harorati yanada yuqori — 35 daraja issiq bo'ladi. Keyin asta-sekin issiqlik pasaya boshlaydi.