Bugun, 7-iyul kuni Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi hamkorligida salomatligi yomonlashgani tufayli Oʻzbekistonga qaytishga majbur boʻlgan fuqaro A.O Novosibirsk – Toshkent aviareysi orqali Oʻzbekistonga qaytarilishiga amaliy yordam berildi.

Fuqaroni Toshkent xalqaro aeroportida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi masʼul xodimlari kutib oldi va fuqaro yashash manziliga kuzatildi.