Shunday murojaatlardan biri Samarqand viloyati Payariq tumani Mirzo Ulugʻbek MFYda yashovchi S.Asqarovdan kelgan. U joriy yil may oyida Samarqand shahrida joylashgan “Navras” MCHJdan xarid qilgan jami 10 million soʻmlik plita juda sifatsiz chiqqan. Shu sabab isteʼmolchi mahsulotni sifatlisiga almashtirish yoki pulni qaytarishni soʻrab murojaat qilgan, ammo MCHJ rahbariyati bundan bosh tortgan.
Samarqand shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ushbu holatni qonun doirasida oʻrganib chiqib, isteʼmolchiga 10 million soʻmini toʻliq undirib berdi, deyiladi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi axborot xizmati xabarida.