Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining noqonuniy realizatsiyasini oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir oʻtkazishdi.

Tadbir davomida Jizzax shahri hududida fuqaro J.Sh boshqaruvidagi “NEXIA DOHC-2” rusumli avtotransport vositasi toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada ushbu avtomashina ichida hech qanday hujjatlari boʻlmagan, 27 million 735 ming soʻmlik, 17 turdan iborat, 3263 dona dori vositalari va tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Fuqaro Sh.J ushbu tibbiyot vositalarini shartli xaridorga qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.